Universitetlarga abiturientlarni tayyorlash maktabi

Siz O‘zbekistondagi eng yaxshi universitetlarda ta’lim olishni xohlaysizmi?

Tillar Markazi

Xorijiy tillarni jahondagi eng yaxshi o‘qituvchilaridan o‘rganishni istaysizmi?

Axborot Texnologiyalari Markazi

Bizning Markazimiz axborot texnologiyalari sohasida sizni ulkan muvaffaqiyatlar sari boshlovchi yo‘ldir.

WIN Сenter-Samarkand Markazi

Kremniy vodiysida faoliyat olib boradigan malakali trenerlar sizga lider, muvaffaqiyatli tadbirkor va o‘z sohasida yangilik yaratadigan yetuk mutaxassis bo‘lishingizga yordam beradi

Samarqand xalqaro texnologiya universitetini yaratishdan maqsad.

O‘zbekistonni jahon iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli integratsiya qilish uchun o‘zida ilg‘or muhandislik bilimlari mavjud bo‘lgan, ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega, innovatsion texnologiyalarni yaratish va joriy etish ko‘nikmalarini egallagan malakali yangi mutaxassislar tayyorlash zarurati mavjud. Ushbu murakkab vazifani bajarish uchun asosiy shart – bu yangi texnik ta’lim standartlari asosida muhandis kadrlarini tayyorlashning amaldagi tizimini tubdan qayta tashkil etishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillar davomida rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida ” gi PF-60 sonli farmoni aynan shunday vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda Samarqand xalqaro texnologiya universitetini jahonning eng ilg‘or universitetiga aylantirishni maqsad qilib tanlagan.

Davomini o'qish
idea
team
Baxtiyor Fozilov
Universitet Vasiylar kengashi raisi

Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi bosqichida turibdi. Hozirgi paytda Prezident Sh.M.Mirziyoyevning Yangi O‘zbekistonni qurish borasidagi qarashlarini o‘zida mujassam etgan taraqqiyotning yangi modeli amalda joriy etilmoqda. Mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni shakllantirishga oid iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida olib borilayotgan tub o‘zgartirishga qaratilgan islohotlarni butun xalqimiz va ayniqsa, yoshlar keng qo‘llab quvvatlayotgani ham bejiz emas.

Mamlakatimiz hayotidagi ushbu murakkab davr hamda oldimizda turgan mas’uliyatli vazifalar barchamizdan balandparvoz gaplarni emas, aniq va konkret harakatlar hamda butkul fidoyilikni talab etadi. Universitetning bo‘lajak talabalariga mening tilagim: Vatanimiz farovonligi yo‘lida ta’lim oling, murakkab vazifalarni hech qo‘rqmasdan bajaring, va erkin ijod qiling, vatanimiz taraqqiyotiga kashfiyotlaringiz orqali o‘z hissangizni qo‘shing.

team
Yusuf Abdullayev
SIUT rektori, professor, pedagogika fanlari doktori

SIUT missiyasi – jahon standartlariga javob beradigan muhandis kadrlarni tayyorlash, Universitet jamoasida g‘urur va sha’n, hur fikrlilik va insonparvarlik oliy qadriyatlar sifatida e’tirof etiladi va yuksak baholanadi. Samarqand xalqaro texnologiya universiteti O‘zbekistonning intellektual hayotida munosib o‘rin egallay olishiga shunindek, mazkur universitet yoshlarimiz uchun ularning hayot yo‘llaridagi startup bosqich bo‘lishiga hech shubhasiz ishonamiz.

Xorijiy hamkorlar

Rossiya

Xitoy

Yaponiya

Buyuk Britaniya

AQSh

Janubiy Koreya

O'zbekiston

Avstraliya

Janubiy Afrika

Hindiston

Universitetning boshqa universitetlardan afzal tomonlari

Malakali o‘qituvchilar jamoasi

Universitetning pedagog kadrlari jamoasini Amerika, Yevropa, Osiyo, Avstraliya va Janubiy Afrika Respublikasi yetakchi ta’lim va ilmiy-texnik markazlarida faoliyat olib boruvchi xorijiy o‘qituvchilar, mutaxassislar va trenerlar tashkil qiladi.

O‘quv rejalari

Dunyodagi eng yaxshi texnologik oliy ta’lim muassasalarining pedagogik tajribasi asosida o‘quv rejalari, ta’lim dasturlari va metodikalar universitetimiz ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan.

Tajribali xorijiy o‘qituvchilar

Ta’lim jarayoniga tajribali xorijiy o‘qituvchilar, G‘arb va Sharq tillarini o‘qitishning xalqaro standartlariga (ingliz, yapon, koreys va boshqa) muvofiq tarzda yangi va ilg‘or tajriba va eng yangi ta’lim metodlaridan foydalanish rejashtiriligan.

Ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalari

Universitet qoshidagi ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalari zamonaviy uskunalar hamda trenajorlar bilan jihozlangan.

Universitet ta’sischisi tomonidan taqdim qilinuvchi betakror imkoniyat

Ta’sischining tomonidan jahon standartlari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarda ta’lim va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash imkoniyati.

Nufuzli diplom sohibiga aylanish

O‘zbekiston va undan tashqari kasb-hunar karyerasi uchun “Double degree”¹ va “Double diploma”² turidagi diplomni qo‘lga kiritish.

Texnopark va muhandislik-ishlab chiqarish klasteri

SIUT bazasi negizida qo‘shni hududlarning salohiyatidan foydalanib, kuchli texnopark va muhandislik-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish.

SIUT joylashuvining ustunligi

Universitet kampusi Zarafshon daryosi bo‘yida rivojlangan infratuzilmaga ega go‘zal manzarali hududda joylashgan (Universitet binosi va kampusining tantanali ochilishi 2023 yilga rejalashtirilgan).

Yuqorida zikr etilganlarning barchasi xorijiy tilda ravon so‘zlasha oluvchi, zamonaviy va ilg‘or xorijiy bilim va dunyoqarashga ega yuqori malakali bakalavrlar, magistrlar va aspirantlarni tayyorlash uchun eng qulay sharoitlarni yaratadi.

  • 1 “Double degree” olish imkoni talabalarga SIUTni tamomlagach, o‘z profilidagi ikki tegishli mutaxassislikka muvofiq diplom olish imkonini beradi.
  • 2 Ikki mutaxassislikka ega ekanligini tasdiqlovchi hamkor mamlakatlarda tan olingan diplom olish imkoniyatini yaratadi.
O‘quv markazlari
O‘qituvchilar: yuqori malakali xorijiy va mahalliy o‘qituvchi, mutaxassis va trenerlar.
Tayyorlov maktabi
sentyabr – iyun
center
  • Fanlari:matematika, ingliz tili.
  • Bir fan uchun to‘lov miqdori:500,000 so‘m/oy
  • Natija:ta’lim natijalari bo‘yicha sertifikat beriladi
Qayta qo'ng'iroq
AT-markazi
3-6-9 oy
center
  • Fanlari:Kompyuter savodxonligi asoslari, dasturlashtirish kurslari, Axborot xavfsizligi kurslari, tizim ma’muriyatchiligi (tizim boshqaruvi), Kompyuter grafikasi va dizayn, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, 3D modellashtirish, Robototexnika.
  • Bir fan uchun to‘lov miqdori:500,000 – 1,000,000 so‘m/ay
  • Natija:bilim, amaliy ish ko‘nikmalari, loyiha tajribasi, sertifikat olish.
Qayta qo'ng'iroq
Tillar markazi
sentyabr – iyun
center
  • Fanlari:Ingliz tili (texnik ingliz, TOEFL/IELTS, bolalar uchun ingliz tili), koreys tili, yapon tili
  • Bir fan uchun to‘lov miqdori:Technical English - 500,000 so‘m/ay.
    TOEFL/IELTS - 750,000 so‘m/ay.
    Bolalar uchun ingliz tili - 350,000 so‘m/ay. Koreys tili - 500,000 so‘m/ay.
    Yapon tili - 500,000 so‘m/ay
  • Natija:kurs yakunlari bo‘yicha sertifikat beriladi
Qayta qo'ng'iroq
WIN Center-Samarqand Markazi
1-4 oy
center
  • Fanlari:tadbirkorlik, innovatsiya va liderlik.
  • Bir fan uchun to‘lov miqdori:1,000,000 so‘m/oy
  • Natija:akademik bilim, o‘rganilayotgan sohaga oid ko‘nikmalar, loyiha ishlari tajribasi, jamoada ishlash, sertifikat olish.
Qayta qo'ng'iroq
Matbuot Markazi
Barcha Matbuot Markazi
Barcha Matbuot Markazi

Savollar va javoblar

Savollaringiz bormi? Marhamat. Biz ularga imkon qadar tezroq javob berishdan mamnun bo‘lamiz.

Savol bermoq

Universitetimiz binosi vaqtincha Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 270-uyda joylashgan. Universitetning asosiy binosi hamda kampusi Samarqand shahri, Zarafshon daryosi bo‘yida joylashadi, qurilishi 2023- yilda tugatilishi mo‘ljallangan.

Joriy yil sentyabr oyida SIUT Tayyorlash maktabi, shuningdek, 3 ta amaliy o‘quv markazi ochiladi:

Tillar markazi.

AT markazi.

WIN Center– Samarqand Markazi.

Tayyorlov maktabi – SIUT shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidagi boshqa oliy ta’lim muassasalariga imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tish uchun zarur bo‘lgan matematika va ingliz tili kabi fanlarni chuqur o‘qitishga mo‘ljallangan funksional bo‘linma.

Aloqa